06:41 / 25.06.2015
3854

Microsoft kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimini USB-fleshkalarda sotishni rejalashtirmoqda

Microsoft kompaniyasi o‘zining yangi Windows 10 operatsion tizimini USB-fleshkalarda sotishni boshlashi mumkin. Bu haqda WinFuture.de portali xabar bermoqda.

Bu qaror yangi operatsion tizimni diskovodga ega bo‘lmagan noutbuklar, ultrabuklarga o‘rnatish imkonini beradi. Ko‘pincha bunday qurilmalarda vaznni va korpus ichidagi joyni tejash maqsadida DVD-diskovodlar o‘rnatilmaydi.

Ayni paytda Microsoft operatsion tizimlari DVD-disklarda sotiladi. Bu operatsion tizimlarni USB-fleshkadan o‘rnatish uchun kompaniya fleshkaga operatsion tizim obrazini avtomatik ravishda yuklab, Windows`ni fleshkadan o‘rnatish imkonini beradigan maxsus dastur ishlab chiqdi.

Windows 10 operatsion tizimi 29 iyuldan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Windows 7 va Windows 8/8.1 foydalanuvchilari yangi operatsion tizimni internet orqali bepul yangilab olishlari mumkin.

Top