13:08 / 25.06.2015
5618

O‘zbekiston Rossiyaning eng yangi uchuvchisiz vertolyotlariga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Indoneziya va Rossiyaning eng yangi mBPV-37 uchuvchisiz vertolyotlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "NPP "Radar mms" korxonasi loyihalarni axborot ta'minoti bo‘yicha mutaxassisi Natalya Alliluyevaga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Bizning ishlanmamizga bir qator Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Indoneziya qiziqish bildirmoqda”, – ta'kidlab o‘tdi Alliluyeva.
Qiziqish asosan Osiyo davlatlaridan kelayotganining sababi sifatida mutaxassis Yevropada bu bozor allaqachon AQSh, Isroil va Fransiya texnikasi bilan band qilinganini ko‘rsatdi.

Top