10:04 / 25.06.2015
6598

O‘zbekistonda bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vazirligiga tegishli 200 xonadonni o‘zlashtirishda ayblanmoqda

O‘zbekiston mudofaa vazirligi Toshkent xonadon ekspluatatsiyasi qismi uy-joy jamg‘armasidan foydalanish nazorati bo‘limi boshlig‘i mayor Jo‘rabek Murodov bir qator harbiy xizmatchilarning ularga 1990 yillari berilgan xonadonlardan ko‘chirilishi bilan bog‘liq sud jarayonlarini sharhlab o‘tdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 90-yillarda bir qator harbiy xizmatchilar qurolli kuchlarning tiklanish bosqichida ekanligidan foydalanib, 200dan ortiq xonadonni o‘zlashtirib olgan.
“Surishtiruv ishlari ko‘rsatganidek, 20 yil xizmat qilmagan harbiylar tomonidan xususiylashtirilishi mo‘ljallangan 150dan ortiq xonadon o‘zlashtirib olingan, 23 marta ikkinchi marta xonadon olinishi kuzatilgan, 30dan ortiq xonadon esa qalloblik va korrupsiya yo‘li bilan o‘zlashtirilgan”, – dedi u.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda 86 xonadon mudofaa vazirligi jamg‘armasiga qaytarilgan, ulardan 38tasi ixtiyoriy ravishda, sudsiz qaytarilgan.

Top