21:35 / 25.06.2015
3805

Parijda Uber xizmati taqiqlab qo‘yildi

Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov Parijda UberPop kabi xizmatlarning zudlik bilan taqiqlab qo‘yilishi haqida buyruq berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Bunga mahalliy taksichilarning UberPop onlayn-taksi xizmatiga qarshi chiqayotganlari sabab bo‘lgan. Taksichilar noroziliklarini bildirish sifatida Sharl-de-Goll va Orli aeroportlarining bir nechta terminallariga kelish yo‘llarini to‘sib qo‘yishgan.

Ichki ishlar vaziri onlayn-taksi xizmati haydovchilariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Biz barchani tinchlik saqlashga chaqiramiz. Biz qonun amal qiladigan davlatda yashaymiz va bu yerda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q”, deb ta'kidlamoqda Kaznyov.

Top