09:53 / 25.06.2015
5232

Pentagon: Rossiyaning Ukrainaga nisbatan munosabati AQSh uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga nisbatan munosabati AQSh uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karter aytib o‘tdi.
“Biz yangi tahdidlarni istamagan edik, negaki oxirgi 15 yil biz Iroq va Afg‘oniston bilan band bo‘ldik. Ammo biz kutilmaganda Rossiyaning bunday xatti-harakatlarini kuzatishga majbur bo‘ldik”, – dedi u, Estoniyadagi AQSh harbiy xizmatchilari qarshisida chiqish qilar ekan.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, AQSh harbiylari NATOning Boltiq dengizidagi BALTOPS harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

Top