19:10 / 25.06.2015
3461

Putin AQSh maxfiy xizmatlari tomonidan Fransiya siyosatchilarining qo‘ng‘iroqlariga kuzatilishi haqidagi axborotga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh maxfiy xizmatlari bilan bog‘liq navbatdagi janjal xaspo‘shlanishini aytdi.

Ilgariroq WikiLeaks portali AQSh milliy xavfsizlik agentligi tomonidan Fransiyaning uch prezidenti amalga oshirgan telefon qo‘ng‘iroqlari tinglab borilgani haqidagi hujjatlarni oshkor qilgan edi. Putinning fikricha, bu janjalda ham AQSh o‘z nuqtai nazarini o‘tkaza oladi.
“Janjal nima bilan yakunlanadi?, – so‘rada prezidenti tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovdan.
“Umuman, Germaniya misolida bunga javob topsa bo‘ladi: ikki tomon ham bu ishni xaspo‘shlab, tezroq unutishga harakat qiladi”, – javob qildi vazir.
“Xuddi shunday bo‘ladi”, – uning fikriga qo‘shildi davlat yetakchisi.

Top