00:06 / 26.06.2015
3016

AQSh Davlat departamenti: AQSh Qora dengizda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirmoqchi emas, biroq buning imkoni mavjud

AQSh Qora dengizda doimiy asosda o‘zining havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi Aegis ni joylashtirmoqchi emas, biroq zarurat tug‘ilsa buni amalga oshirishi mumkin. Bu haqda AQSh Davlat kotibining qurol-aslaha, kelishuvlarni tekshirish va ularga amal qilishni nazorat qilish bo‘yicha yordamchisi Frenk Rouz ma'lum qildi.

“AQSh Qora dengizda doimiy asosda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi Aegis ni joylashtirmoqchi emas. Biz bu tizimni doimiy asosda joylashtirishni taqiqlovchi Montryo konvensiyasiga amal qilamiz. Biroq kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelsa, biz u yerga Aegis tizimi bilan jihozlangan kemalarni ittifoqchilarimizni ballistik raketalar xavfidan himoya qilish uchun yuborishimiz mumkin. Biz avval ham bunday kemalarni Qora dengizga boshqa maqsadlarda yuborganimizdan xabaringiz bor”, deb aytdi Rouz Atlantika kengashidagi nutqi davomida.

Top