07:55 / 26.06.2015
4632

AQShning Arizona shtatida falokatga uchragan F-16 qiruvchi samolyotini Iroq armiyasi generali boshqargani ma'lum bo‘ldi

AQShning Arizona shtatida falokatga uchragan F-16 qiruvchi samolyotini Iroq armiyasi generali Rafid Muhammad Hasan boshqargani ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Arizona Daily Sun nashri. 

Uchuvchining shaxsi haqida Iroq Mudofaa vazirligi vakili Tahsin Ibrohim xabar berdi.
“Bizga hanuzgacha uning taqdiri, falokat sabablari haqida hech narsa ma'lum emas. Biz amerikalik hamkasblarimiz bilan aloqada bo‘lib turibmiz va voqea tavsilotlari haqidagi ma'lumotlarni kutmoqdamiz”, deb aytdi Iroq vakili.

Hasan 4 yil davomida AQShda yashab, vaqti-vaqti bilan zamonaviy harbiy samolyotlarda mashg‘ulot parvozlari amalga oshirib turgan.

Samolyot qulagan joyda qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda, biroq operatsiya Duglas shahri yaqinida qulagan samolyot gaz quvurini shikastlagani oqibatida chiqqan yong‘in sababli o‘tkazilishi qiyin kechmoqda.

Top