17:56 / 26.06.2015
3041

Fransiya ichki ishlar vaziri terrorchining nomini aytdi

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev Lion yaqinidagi kimyoviy zavodni portlatib yuborgan terrorchining ismini oshkor qildi.
Aytilishicha, 35 Yasim Soliy Lion yaqinidagi Sen-Pristda tug‘ilib o‘sgan.
2006 yilda u ekstremistik guruhlar bilan aloqadorlikda gumon qilinib, nazorat ostiga olingan, ammo, gumonlar tasdiqlanmagach, 2008 yili nazoratdan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Lion yaqinidagi Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.
Olland YeIning Bryusseldagi sammitini tark etib, Fransiyaga yetib keldi va voqea yuzasidan favqulodda bayonot berdi.

Top