15:30 / 26.06.2015
2477

Fransiya sharqidagi zavodda terakt amalga oshirganlikda gumon qilinuvchi shaxs qo‘lga olindi

Fransiya huquqni muhofaza qilish idoralari Lion shahri yaqinidagi zavodga hujum uyushtirgani gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Le Dauphine xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, 30 yoshdaligi taxmin qilinayotgan erkak hibsga olingan. Qayd etilishicha, u Fransiya IIVning maxsus ro‘yxatida turadigan shaxs hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq 26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da Fransiyaning Lion shahri yaqinidagi Sen-Kentan-Falave shahridagi Air Products zavodiga noma'lum shaxs "IShID" bayrog‘ini ko‘targan holda hujum qilgani va gaz ballonini portlatib, kamida bir kishini o‘ldirgani hamda bir necha kishini jiddiy jarohatlagani xabar qilingandi.

Top