14:01 / 26.06.2015
2120

Hindistonda jala va sel oqibatida 81 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Gujorat shtatidagi kuchli yog‘ingarchilik va uning oqibatida kelib chiqqan sellar oqibatida halok bo‘lganlar soni 81 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi Associated Press agentligi.
Undan ilgari qurbonlar soni 45 kishini tashkil qilgani haqida axborot berilgan edi.
Qurbonlarning aksariyati uylarning buzilishi va o‘pirilishlar natijasida yer ostida qolib ketgan.
Hindiston favqulodda vaziyatlarga javob berish milliy kuchlari vakili Ridxi Buttaning ma'lum qilishicha, shtatning og‘ir vaziyatga tushib qolgan tumanlaridan 9 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Top