19:22 / 26.06.2015
6804

O‘zbekiston olimlari ikki bosqichli bug‘lanma havo sovutgichini yaratdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti olimlari ikki bosqichli bug‘lanma havo sovutgich qurilmasini taklif etdi

Ushbu qurilma quruq va issiq iqlim sharoitlarida yopiq xonalarda havoni ventilyasiyalash va sovitishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi sovutgich gabaritlari va massasini kamaytirish va energetik jihatdan samaradorligini oshirish, havoni sovitish va nisbiy namlik darajasini boshqarish diapazoni kengaytirishdan iborat. 

Mualliflar - G.Abduraxmanov, R.A.Zaxidov va F.X.Muxtarov mazkur qurilmaga patent olish uchun talabnoma topshirdi.

Top