07:26 / 26.06.2015
4414

Robin van Persi dengizdan akula tutib oldi

"Manchester Yunayted” klubining gollandiyalik hujumchisi Robin van Persi o‘zining Feysbukdagi rasmiy sahifasiga ochiq dengizdagi baliq ovi haqidagi videoni joylashtirdi.

Unda 31 yoshli futbolchi o‘z do‘sti bilan kichikroq nahang baliqni (akula) tutib olgani aks etgan. Van Persining yozishicha, keyinchalik ular nahangni dengizga qo‘yib yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi yozda “MYu”dan ketishni rejalashtirmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, u faoliyatini “Milan” yoki “Fenerbaxche”da davom ettirishi mumkin.

U yakunlangan mavsumda "qizil iblislar" jamoasida 27 o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan.

Top