18:10 / 26.06.2015
1995

Tunis mehmonxonalarida sodir etilgan terakt qurbonlari orasida xorijlik sayyohlar bor

Tunisning O‘rta Yer dengizi sohilidagi Sus shahrida joylashgan Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina nomli beshyulduzli mehmonxonalarga terrorchilar tomonidan qurolli hujum amalga oshirilishi natijasida halok bo‘lganlar orasida xorijlik sayyohlar borligi aytilmoqda. Bu haqda Tunis Ichki ishlar vazirligiga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 27 kishi o‘ldirilgan, ularning 10 nafari mehmonxonasi yaqinidagi sohilda dam olib yotgan holida otib tashlangan.

Ayni vaqtda sayyohlar o‘z xonalarida bekinib olgan holda jon saqlashayotgani xabar qilingan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi jangarilar guruhi o‘z zimmasiga olmagan.

Top