22:22 / 26.06.2015
9289

Xushqomat erkak gorilla yaponiyalik ayollarni o‘ziga rom etmoqda

Xigasiyama hayvonot bog‘ida saqlanuvchi Shabani laqabli xushqomat erkak gorilla yaponiyalik ayollarni o‘ziga rom etmoqda. 18 yoshli maymunning fotosurati tvitterda ommalashib ketdi.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, hayvonot bog‘iga xushbichim Shabanini tomosha qilgani yosh ayollar to‘p-to‘p bo‘lib tashrif buyurmoqdalar. Maymun saqlanadigan qafas oldida doimo yuzlab tomoshabinlar bo‘ladi. Maymun har gal ko‘rinish berganda ular “Menga qara, Shabani!”, “Bu yoqqa kel, Shabani!” deb hayqirishni boshlaydilar.

Biroq Shabani allaqachon bo‘ydoqlik bilan xayrlashib bo‘lgan, chunki uning ikkita xotini bor. Qayd etilishicha, gorilla shuningdek juda ham mehribon ota.

Hayvonot bog‘i matbuot kotibi Takayusi Isikava Shabanining bu shuhratini kutilmaganda sodir bo‘lganini aytmoqda. “Bu internet-jamoatchilik uchun ideal namuna bo‘la oladi. Bu holat bizni juda hayratlantirdi”, deb aytdi u CNN ga bergan intervyusida.

Top