07:59 / 27.06.2015
3420

Avstraliyalik muhandis g‘isht teruvchi robot ixtiro qildi

Avstraliyalik muhandis Mark Pivak g‘isht teruvchi robotlashtirilgan qo‘l ixtiro qildi. Bu haqda News.com.au portali xabar bermoqda.

“Adrian” nomini olgan bu robot bir soatda mingta g‘isht tera oladi. U yiliga 150ta uyning g‘ishtini terishi mumkin.

“Adrian” ishni boshlashi uchun qurilayotgan binoning kompyuter modeli talab etiladi. Robot bu modelga ko‘ra o‘z algoritmlariga asoslanib qurilaj binodagi har bir g‘ishtning holatini hisoblab chiqadi.

Mark Pivak ushbu robotni yaratish uchun 10 yil davomida ish olib borgan. “Adrian” dastlab Avstraliyaning g‘arbida sotuvga chiqariladi, biroq uning savdoga chiqarilishi sanasi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmagan.

Top