19:23 / 27.06.2015
14748

Hayotdagi eng muhim narsani yodimizga soluvchi qisqa masallar

Masal – so‘zlarning to‘g‘ri yurakka boradigan san'atidir. Ularni vaqti-vaqti bilan o‘qib turish va eng muhim narsalar haqida fikr yuritish juda foydali.


Har bir inson  - kimningdir muammosi yechimidir.

- Yerdagi har bir inson - bu kimningdir muammosining yechimidir, degan edilar mening donishmand buvim.

- Men ularning gaplariga hayron bo‘lib turardim.

- Sen kimningdir muammmosining yechimisan, - deya qaytardilar.

Va shunday deb tushuntirishni boshladilar:

- Senga berilgan in'om balki hammaga ham kerak emasdir, biroq so‘zsiz kim uchundir zarur – sening tabassuming, muxabbating, kuching.

 

Nimaga buyurtma bersang, o‘shani olasan...

Bir ayol achchiqlanib troleybusda ketmoqda va shunday o‘ylayapti:

- Yo‘lovchilar bezbet va qo‘pol. Erim – mast hayvon. Farzandlar – ikkichi va bezori. Men esa shu qadar bechora va baxtsizman...

Uning orqasida esa farishta qo‘lidaga daftarchaga birma-bir yozib boryapti:

- Yo‘lovchilar bezbet va qo‘pol. Er– mast hayvon va h.k.

Keyin esa qaytadan o‘qib o‘ylanib qoldi:

- Bu unga nima uchun kerak? Buyurtma berdimi, bajaramiz...

 

Odamlar nima uchun baqirishadi?

Bir kuni ustoz o‘quvchilaridan so‘radi:

- Nima uchun odamlar bahslarda ovozlarini balandlatishadi?

- Hotirjamlikni yo‘qotishgani uchundir, - deb javob berishdi o‘quvchilar.

- Biroq ikkinchi odam yoningda tursa ovozni balandlatishning nima keragi bor? – dedi o‘qituvchi.

O‘quvchilar javob topolmay yelkalarini qisishdi. Boshlariga hech qanday fikr kelmayotgan edi. Shunda o‘qituvchi dedi:

- Odamlar janjallashganida ular oarsidagi norozilik ortadi, ularning yuragi bir-biridan uzoqlashadi. Shu bilan birga ularning ruhi ham uzoqlashib ketadi. Bir-birlarini eshitish uchun ovozlarini balandlatishga to‘g‘ri keladi. Xafagarchilik va jahl kuchaygani sari, ular yanada balandroq baqirishadi. Sevib qolganlarida nima sodir bo‘ladi? Ular ovozlarini balandlatishmaydi, aksincha juda past gapiradilar. Ularning yuragi juda yaqin bo‘ladi, ular orasidagi masofa esa deyarli butunlay yo‘qoladi.

- Odamlarni muhabbat boshqarganida nima sodir bo‘ladi? – so‘radi ustoz. – Ular hatto so‘zlashishmaydi, faqat pichirlab gaplashadilar. Ba'zida esa so‘z ham kerak emas, ko‘zlar barchasini namoyon qiladi. Yodda tuting, janjal bir-biringizdan uzoqlashtiradi, baland ovozda aytilgan so‘zlar esa masofani yanada uzaytiradi. Uni oshirib yubormang, orangizdagi masofa bir kun kelib shu darajada uzoqlashadiki, orqaga yo‘l topolmay qolasiz.

 

Buyuk donishmandlik

Bir kuni tunda ibodatxona joylashgan viloyatda qor qalin yog‘di. Ertalab o‘quvchilar belgacha keladigan qorli yo‘lni bosib o‘tib, meditatsiyalar uchun mo‘ljallangan zalga yig‘ildilar.

O‘qituvchi o‘quvchilarini to‘plab so‘radi:  

- Aytingchi, biz hozir nima qilishimiz kerak?

Birinchi o‘quvchi dedi:

- Havo isishini so‘rab, duo qilish zarur.

Ikkinchi o‘quvchi:

- O‘z uyimizga borib kutib turishimiz kerak, qor esa yog‘ishda davom etaversin.

Uchinchi o‘quvchi mana shunday fikr yuritdi:

- Haqiqatga erishgan odamga farqi yo‘q - qor bormi yoki yo‘q.

Ustoz esa shunday dedi:

- Ana endi menga quloq soling.

O‘quvchilar buyuk donishmand so‘zlarga diqqat bilan quloq tutdilar.

O‘qituvchi ularga nazar tashlab, xo‘rsindi va dedi:

- Belkurakni olib – olg‘a!

Qissadan hissa shuki, harakat haqiqatan ham samara beradi!

 

Xafagarchilik to‘g‘risida masal

O‘quvchi o‘qituvchidan so‘radi:

- Siz donishmandsiz. Har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lasiz, hech qachon jahlingiz chiqmaydi. Menga ham shunday bo‘lishga yordam bering.

O‘qituvchi rozi bo‘ldi va o‘quvchisidan kartoshka va shaffof xaltacha (paket) olib kelishni so‘radi.

- Agar kimdandir jahling chiqib, xafagarchilikni ichingga berkitsang – dedi ustoz, - u holda kartoshkani olib, unga mojaro sodir etgan insonning isimni yozib qo‘y, keyin esa kartoshkani xaltachaga solib qo‘y.

- Bor yo‘g‘i shumi? – so‘radi o‘quvchi oxirigacha anglamay.

- Yo‘q, - deb javob berdi ustoz. – Sen ushbu xaltachani doim o‘zing bilan olib yurishing kerak. Har doim kimdandir jahling chiqqanida, unga yana kartoshka qo‘shib qo‘yishing kerak.

O‘quvchi rozi bo‘ldi. Oradan birmuncha vaqt o‘tdi. O‘quvchining xaltachasi kartoshkalar bilan to‘ldi va og‘irlashdi. Uni har doim yonida olib yurish noqulaylik tug‘dirardi. Bundan tashqari, eng boshida solib qo‘ygan kartoshkasi aynib qoldi. Kartoshkaning usti shilimshiq modda bilan qoplanib, ba'zilari iridi, ba'zilari chirib, badbo‘y hid tarata boshladi.

O‘quvchi ustozining yoniga kelib dedi:

- Buni endi yonimda olib yurolmayman. Birinchidan, xaltacha juda og‘ir, ikkinchidan kartoshkalar aynib qoldi. Boshqa nimanidir taklif etib ko‘ring.

Biroq ustoz ana shunday javob berdi:

- Sen bilan ham aynan shu narsa sodir bo‘ladi. Faqat sen buni darhol anglolmaysan. Harakatlaring odatga aylanadi, odatlar esa xarakterga, natijada badbo‘y amallar yuzaga keladi. Men senga bu jarayonni tashqaridan kuzatish uchun imkoniyat berdim. Har safar kimdandir hafa bo‘lish yoki aksincha kimningdir ko‘ngliga ozor berishga qaror qilganingda bu yukni ko‘tarib yurish haqida o‘ylab ko‘r.

 

“Izlovchi” haqida masal

Bir donishmand chol bolani hayvonot bog‘iga olib bordi.

- Anavi maymunlarni ko‘ryapsanmi?

– Xm.

- Anavi boshqa maymunlardan qurt-qumursqa izlab, shoshilib yurgan maymunnichi?

- Ha.

– Bu maymun “izlovchi”! U boshqalarni bitlagan to‘da deb hisoblaydi va hammani “tozalashga” harakat qiladi.

– Boshqalarchi?

– Hech nima, ba'zida o‘zini qashiydi. Yoki qashimaydi

– “Izlovchi”ni kim tozalaydi?

– Hech kim. Shuning uchun u bitlab ketgan...

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top