Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri telefon orqali IShID jangarilarining Kobaniga uyushtirgan hujumini muhokama qilishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ular, shuningdek, ikki davlatning mintaqaviy hamkorligi masalalariga ham to‘xtalib o‘tishdi.