13:18 / 27.06.2015
11589

Kichik bolakayning ulkan it bilan tushgan rasmi internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketdi

The Daily Mirror nashrining ta'kidlashicha, kichik bolakayning ulkan it bilan tushgan rasmidan internet ahli “aqldan ozgudek bo‘lmoqda”.

Bu noodatiy juftlikning suratini bir necha soat ichida 1,5 mln.dan ortiq foydalanuvchi tomosha qilgan.

“Mening itim mendan ancha katta” deb nomlangan bu suratda zamonaviy kombinezon va oq kepka kiyib olgan yoqimtoy bolakay o‘zining sevimli iti – irland bo‘ribosarining bo‘yin arqonidan ushlab turgani tasvirlangan. Rasmda it o‘zining “kichik xo‘jayini”dan bir necha marotaba kattaligiga qaramasdan, uning yonida itoatkorona bosh egib turibdi.

“Bolakayga egar berilsa, u itdan ko‘ra ko‘proq otga o‘xshaydigan bu ulkan itga bemalol minib olgan bo‘lardi”, deb suratga izoh qoldirdi foydalanuvchilardan biri.

Top