14:23 / 27.06.2015
3171

Kurdlar Kobani shahridagi nazoratni jangarilardan qaytarib oldi

Kurd askarlari Suriyaning Turkiya bilan chegara hududida joylashgan Kobani shahridagi nazoratni o‘z qo‘liga oldi. Bu shahar bir necha kun davomida "IShID" jangarilari bilan olib borilgan otishmalar natijasida qaytarib olingan. Bu haqda Agence France-Presse nashrining tvitterida xabar berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, nashr jurnalisti bu ma'lumotni suriyalik inson huquqlari uchun kurashuvchi faoldan olgan.

Jangarilar bu shaharga 25 iyun kuni hujum qilishgan va 26 iyun kuni shahar aholisining 146 nafarini qatl qilgandi.

Top