10:43 / 27.06.2015
4611

OAVlarda Tunisdagi teraktlarni 23 yoshli talabaning bir o‘zi amalga oshirgani aytilmoqda

26 iyun kuni Tunisning Sus shahri yaqinidagi ikki mehmonxonada amalga oshirilgan teraktlar faqat bir yigit tomonidan amalga oshirilgani xabar qilinmoqda. Associated Press xabariga ko‘ra bu haqda Tunis Ichki ishlar vaziri Rafiq Shelli ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda terakt ijrochilarining soni qancha bo‘lgani borasida turli xabarlar tarqalgan. 26 iyun kungi xabarlarda mehmonxonalar joylashgan qirg‘oqqa dengiz tomondan katerga mingan jangarilar suzib kelib, otishma boshlagani xabar qilingandi.

Associated Press nashriga ko‘ra esa, otishma mehmonxonalardan biriga mehmon sifatida tashrif buyurgan va qurolini buyumlari orasiga bekitgan 23 yoshli talaba o‘q otishni boshlagani aytilgan.

Politsiya bu hududga yetib kelgunicha 30 daqiqa davomida u ko‘ziga ko‘ringan odamni otib yurgan, huquq-tartibot xodimlari yetib kelib, uni yo‘q qilgan.

Top