17:38 / 27.06.2015
3100

Rossiya FVV: Sochidagi suv toshqini tufayli halok bo‘lganlar yo‘q

Sochida yuz bergan suv toshqinlari natijasida hech kim halok bo‘lmagan. Bu haqda TASS nashri Rossiya fuqarolik mudofaasi vazirligi va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Vladimir Puchkovga asoslanib xabar bergan.

Puchkov Sochida faqat tok urishi tufayli halok bo‘lgan bir kishining jasadi topilganini qayd etgan.

"Ayni vaqtda bu shaxsning o‘limi bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda. Uning o‘limi sababi hozircha aniq ma'lum qilinmadi. Ko‘p ehtimol bilan u tok urishidan halok bo‘lgan", deydi Puchkov.

U uch kun ichida hududda tozalash ishlari tugatilishini ma'lum qilgan.

Top