10:19 / 27.06.2015
6677

Sochi aholisi Olimpiya obektlarining qurilishi toshqinlarga sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda

Sochi shahri aholisi shaharning suv ostida qolishiga nafaqat yog‘ingarchilik, balki Qishki Olimpiya obektlarining qurilishi ham sabab bo‘lgan deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, qurilish paytida tabiiy oqova tizimlariga shikast yetkazilgan.

Sochi aholisining aytishicha, shahar ko‘chalari birinchi marta suv ostida qolayotgani yo‘q.

“Chunki Olimpiya obektlari qurilishi paytida tabiiy oqova tizimlari buzilgan. Buning oqibatida oqova kanallari to‘lib ketyapti, suv oqib ketolmayapti”, deb aytmoqda mahalliy aholi.

Bu orada ob-havo mutaxassislari Sochida kamida haftaning oxirigacha yog‘ingarchilik bo‘lishini aytishmoqda.

25-26 iyun kunlari Sochida ikki oylik yomg‘ir miqdorida yog‘ingarchilik bo‘lib o‘tdi. Shahar aeroportining terminali va uchish yo‘lagi suv ostida qolgani uchun aeroport cheklangan tartibda ishlamoqda.

Top