08:23 / 27.06.2015
1885

Tunisdagi terakt qurbonlari soni 39 nafarni tashkil etdi

Tunisdagi mehmonxonaga uyushtirilgan bosqinchilik qurbonlari soni 39 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri ma'lum qildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida Buyuk Britaniya, Germaniya va Belgiya fuqarolari ham bor.

Avvalroq teraktni uyushtirgan jangari shaxsi aniqlangani ma'lum qilingandi.

Top