16:11 / 28.06.2015
2129

BlackBerry shifoxonalar uchun sterillangan telefonlar yaratishi mumkin

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi smartfonlar savdosining tushumi ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etmayotgani tufayli moliyaviy jihatdan og‘ir ahvolda qolmoqda.

Bu vaziyatda kompaniya bosh direktori Jon Chen har qanday yangi loyihani amalga oshirishga tayyor turibdi va bu boradagi takliflarni kutmoqda.

Mackenzie Richmond Hill Hospital shifoxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida Jon Chen BlackBerry kompaniyasi tibbiyot xodimlari uchun bakteriyalardan himoyalovchi, sterillangan telefonlar ishlab chiqarish niyatida ekanini ma'lum qildi. U shunday g‘oya mavjudligini, bu g‘oya hayotga tadbiq etilishi uchun tibbiyot xodimlarining qo‘llab-quvvatlashi kutilishini ta'kidlab o‘tgan.

O‘z navbatida bu uchrashuv vaqtida so‘z olgan bosh shifokor Aviv Gladman tibbiyot xodimlari ish vaqtida infeksiya yuqtirib olishi katta muammoga aylangani haqida gapirgan. 


Gladmanning aytishicha, shifokorlar va hamshiralarning telefonlari orqali bemor yotgan xonadan viruslar tashilishi holatlari uchramoqda.

Mackenzie Richmond Hill Hospital kasalxonasida matbuot anjumani ishtirokchilari bo‘lgan BlackBerry, Cisco va ThoughtWire o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzishdi.

Top