12:22 / 28.06.2015
4715

Kim Chen In omma oldida KXDRning sobiq rahbarlari ramzi aks etgan nishonlarsiz paydo bo‘ldi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In iyun oyi davomida bir necha tadbirlarga o‘z otasi va bobosi Kim Ir Sen hamda Kim Chen Ir suratlari aks ettirilgan nishonlarni taqmagan holda paydo bo‘ldi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Yaponiyaning NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In 13 iyun kuni havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi akademiyasida hamda 25 iyun kuni Pxenyandagi aeroportda o‘tkazilgan tadbirlarda nishonlarini taqmagan holda ishtirok etgan.

Bu tadbirlarda olingan suratlar mahalliy gazetalarda ham chop etilgan.

Ma'lumot uchun, KXDRdagi davlat amaldorlari bunday nishonlarni davlatning marhum rahbarlariga hurmat bajo keltirish belgisi sifatida taqib yurishi kerak hisoblanadi.

Tahlilchilarning fikricha, Kim Chen Inning bu harakati o‘z hokimiyatini otasi va bobosining ta'siridan xoli holda qayta siyosat yurgizib, mustahkamlash niyatida ekanini bildiradi.

Top