18:21 / 28.06.2015
2613

Tunisdagi mehmonxona xavfsizlik xizmati terakt haqida politsiyaga o‘z vaqtida xabar bermagani aytilmoqda

Tunisning Sus shahridagi “Riu Imperial Marxaba” mehmonxonasi xavfsizlik xizmati mehmonxona plyaji hududiga kirib, dam olayotganlarga o‘q uzgan terrorchi haqida politsiyaga o‘z vaqtida xabar bermagan, deb aytdi 28 iyun kuni Tunis Ichki ishlar vaziri Muhammad Najim Garsaliy “Mozaik FM” radiostansiyasi efirida.

Garsaliyning aytishicha, terrorchini u bosqinchilikni amalga oshirishidan oldin qo‘lga olishning imkoni bo‘lgan, biroq xavfsizlik xizmati politsiyani bu haqda o‘z vaqtida xabardor etmagan. Vazirning fikricha, terakt barcha kuch tuzilmalari ishining yomon yo‘lga qo‘yilgani sababli sodir bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, 26 iyunda terrorchi “Riu Imperial Marxaba” va “Soviva” mehmonxonalari plyajida dam olayotgan sayyohlarga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 39 kishi halok bo‘lgan, yana 39 kishi yaralangan. Hujum uchun javobgarlikni "IShID" terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Top