12:23 / 29.06.2015
3381

AQShda samolyotning uyga kelib urilishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni kechasi AQShda kichik samolyot kelib urilishi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Halokatdan so‘ng uy o‘t oldi, uy ichidagilar qochib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Pensilvaniyadagi Lankaster aeroportidan uchib chiqqan Beechcraft BE36 samolyoti Massachusets shtatidagi Norvud Memorial aeroportiga uchib kelishi kerak edi.
Halokat natijasida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf qilish uchun o‘t o‘chirish guruhi 3 soat ish olib bordi.

Top