00:03 / 29.06.2015
5244

AQShning Laboon esminetsi Batumi portiga kirdi

Gruziyaning Batumi portiga AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 6-flotiga qarashli Laboon esminetsi kirdi. Bu haqda AQShning Gruziyadagi elchixonasida aytildi.
Esminets Batumida 29 iyungacha bo‘ladi.

“AQSh esminetsining ushbu tashrifi Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlik bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda AQShning Gruziya kabi NATO bo‘yicha ittifoqchilari va hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamlashga intilishini tasdiqlaydi”, deb aytilmoqda xabarda.

Elchixona bergan ma'lumotga ko‘ra, esminets Batumida bo‘lishi davomida undagi AQShlik harbiy xizmatchilar Gruziya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan birga qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadilar.

Top