16:07 / 29.06.2015
3309

Checheniston parlamenti raisi vafot etdi

Checheniston Qonunchilik majlisi raisi Dukuvaxa Abdurahmonov vafot etdi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Parlament matbuot xizmatining ma'lum qilinishicha, Abdurahmonov uzoq muddat xastalikka qarshi kurashgan. Ammo 29 iyun kuni ertalab uning vafot etgani ma'lum bo‘ldi.
Dukuvaxa Abdurahmonov 1956 yili Qozog‘istonda tug‘ilgan. Sovet davrida Gudermesda turli lavozimlarda ishlagan. 2001 yili Checheniston qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan. 2005 yili parlament deputatligiga saylangan.
2008 yili Checheniston yozuvchilar uyushmasi raisi, 2008 va 2013 yillari esa parlament raisi lavozimida ishlagan.

Top