16:06 / 29.06.2015
2033

Yevropa Ittifoqi ba'zi joylarda selfini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqi diqqatga sazovor joylarda selfi usulida suratga olishni taqiqlash haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, sayohatchilar uchun yangi qonunga ko‘ra, turli xil yodgorliklar bu o‘rinda faqat fon vazifasini o‘taydigan taqdirda ham suratga olish uchun ruxsat so‘rashlari kerak bo‘lishi mumkin.

Hozirda sayyohatni selfisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb yoziladi maqolada. Ammo sayyohlarning Parijdagi Eyfel minorasi yoki Rimdagi Trevi favvorasi oldida suratga tushib zavq olish imkoniyati sabab bu holatning taqiqlanishi uzoqqa cho‘zilishi mumkin.

YeI hozirda taqiqqa ruxsat olish bo‘yicha tegishli organlar bilan ish olib bormoqda.

Nashrning aniqlik kiritishicha, hozirda Ittifoqning diqqat markazida suratga olish emas, balki ularning ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi bo‘lib turibdi. Bu mualliflik huquqining buzilishiga olib keladi. Qonun esa shu kabi suratlar tijoratiga qarshi kurashishi zarur. Qonunni buzganlar jarima to‘lashlari va hattoki qamoqqa olinishlari ham mumkin bo‘ladi.

Top