21:09 / 29.06.2015
3724

Yevropa Ittifoqi kengashi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi rezoltsiyasini ko‘rib chiqdi

Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar bo‘yicha kengashi 22 iyunda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasining amalga oshirilishi bo‘yicha xulosa qabul qildi. Bu hujjatda YeI va Markaziy Osiyoning 5 ta davlati orasidagi munosabatlarning ustuvor tomonlari belgilangan. Strategiya 2007 yilda qabul qilingandan beri, har ikki yil Kengash hujjatning amalga oshirilishi holatini ko‘rib chiqadi va shunga ko‘ra ustuvor yo‘nalishlarni yangilab boradi. Kengash xulosasi mintaqadagi davlatlar va boshqa jalb qilingan davlatlar va tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilingandan keyin qabul qilinadi va YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasining yangi yo‘nalishlarini belgilaydi.

Berilgan so‘nggi xulosalarda YeIning mintaqadagi har bir davlat va umuman mintaqa bilan ikki tomonlama munosabatlarining rivojlanishidagi katta siljish kuzatilayotgani qayd qilindi va YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda ikki tomonlama qiziqishning borligi ta'kidlandi.

Top