17:05 / 29.06.2015
2532

Gretsiya prezidenti umumxalq referendumini o‘tkazish haqidagi farmonini imzoladi

Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos 5 iyul kuni xorijdan kredit olish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazish to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu farmon matni "Hukumat gazetasi"da e'lon qilindi va kuchga kirdi.

Farmonda aytilishicha, ovoz berish jarayoni 2015 yilning 25 yanvarida bo‘lib o‘tgan parlament saylovi uchun tuzilgan komissiya tarkibidagi saylov uchastkalarida o‘tkaziladi.
Ovoz berish boshlangunicha saylovchilarning tanloviga ta'sir ko‘rsatuvchi vositalardan foydalanish, materiallarni oshkor qilish taqiqlangan.

27 iyun kuni mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras 5 iyul kuni shu masala xususida umumxalq referendumi o‘tkazilishi haqidagi o‘z qarorini e'lon qilgandi.
Unga ko‘ra, greklar o‘z ovozlari orqali Gretsiyaning tashqi qarzini to‘lash uchun YeI tomonidan kredit berilishiga o‘z munosabatini ifoda etishadi.

"YeIning bu taklifi yevropacha qadriyatlariga ters holda tenglik huquqining buzilishidir. Ular butun bir xalqni sharmanda qilish niyatlarini ko‘rsatishdi. Biz bu ultimatumga o‘z suverentitetimiz asosida javob berishimiz kerak", deydi Tsipras.

Top