13:00 / 29.06.2015
9445

Makka ziyoratiga borgan qiz al-Harom masjidida g‘oyib bo‘ldi

Saudiya Arabistonida 23 yoshli qiz al-Harom masjidida g‘oyib bo‘lib qoldi. Mahalliy OAVda xabar qilinishicha, u oilasi bilan Umra safariga borgan.

Qizning akasi Sharah Ahmad singlisining ruhiy xasta ekanligini tan oldi. Ular Saudiyaning janubidagi Jazon viloyatida istiqomat qilishgan.

Qiz g‘oyib bo‘lganidan politsiya ogohlantirilgan, ammo qidiruvlar hozircha natija bermadi.
Makkada joylashgan al-Harom dunyodagi eng katta masjid hisoblanadi.

Top