22:27 / 29.06.2015
2674

Moskva metrosida tilanchilik qilish man qilinishi mumkin

Moskva metrosidan foydalanish qoidalari ro‘yxatiga tilanchilik bilan shug‘ullanishni taqiqlovchi band kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda “Moskva” yangiliklar agentligi.

Tegishli qaror loyihasini shahar hokimiyati ko‘rib chiqish uchun kiritdi. Hujjatda Moskva hukumatining 844- va 974-sonli qarorlarining “metro hududidagi taqiqlovlar qismiga o‘zgartirishlar va Moskva monorels transport tizimida tilanchilik bilan shug‘ullanishga taqiqlov kiritish” taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, metro vagonlariga eshiklar yopilishi e'lon qilinishi paytida kirishni taqiqlovchi qoidalarni tasdiqlash taklif qilinmoqda.
Avvalroq tilanchilik bilan shug‘ullanishga jarima solishga qaror qilingandi, biroq metroning ichki qoidalarida bu taqiqlov belgilanmagan edi.

Top