14:35 / 29.06.2015
2644

Navoiyda qariyb 7 mlrd so‘mlik mahsulotni naqd pulga sotgan korxona boshlig‘i sud qilindi

Navoiy viloyatining Konimex tumanida joylashgan “Konimex quruvchi montaj” xususiy korxonasi rahbari Javlon Mustafoyev katta miqdordagi pulni o‘zlashtirganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Mustafoyev 2014 yil iyulidan buyon 6 mlrd 945 mln so‘mlik mahsulotni naqd pulga sotib, mablag‘ni bankka kirim qilmagan. Tegishli hujjatlarni esa yoqib yuborgan.
Tekshiruv natijasida aniqlangan ushbu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud Mustafoyevga tegishli jazoni tayinladi.

Top