17:42 / 29.06.2015
15325

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Qirg‘iziston janubida O‘zbekiston bilan chegaradagi Qorasho‘ro nazorat punktida chegara otryadlari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati sayti.
Xabarnomada aytilishicha, ikki tomonning chegarachilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Qirg‘iziston tomonning yozishicha, dastlab O‘zbekiston chegarachilari o‘t ochgan.
O‘q uzilgan chog‘da hech kimga zarar yetmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top