14:06 / 29.06.2015
3447

O‘zbekistonda Davlat dasturlari portali ishga tushdi

UZINFOCOM markazi Davlat dasturlari portali ishga tushganini e'lon qildi

Portalda joriy yilgi va avvalgi yillardagi davlat dasturlari bilan tanishish, davlat dasturlarining bajarilishining borishi va yakunlarini kuzatib borish mumkin.

Portal dizayni zamonaviy adaptiv usulda ishlangan, ya'ni foydalanuvchi ekranni o‘ziga qulay tarzda moslashtirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari portalda alohida mobil versiya ham mavjud.

Shuningdek, unda ko‘rish qobiliyati sust fuqarolar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan (yozuvlarni kattalashtirish, fonni o‘zgartirish).

Bu yangilik "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonun asosida hayotga tadbiq qilindi.

Top