13:33 / 29.06.2015
8336

Qozog‘iston maxsus xizmati rahbari IShIDni DAISh deb atashni taklif qildi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Nurtoy Abiqayev IShIDni DAISh deb atashni taklif qildi.
“DAISh o‘zini “Islom davlati” dab atayotgan terrorchi tashkilotdir. Amalda u diniy-terrorchilik yo‘lidagi o‘ziga xos internatsionalga aylandi: uning tarkibida turli davlatlardan to‘plangan o‘n minglab odamlar bor. Fikrimcha, siyosatchilar va jurnalistlar DAIShni Islom davlati deb atashi noto‘g‘ridir”, – dedi u Ostonada bo‘lib o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyadagi chiqishida.
Abiqayevning so‘zlariga qaraganda, tashkilot nomidan “davlat” so‘zining qo‘llanilishi unga allaqanday rasmiylik tusini berishi mumkin.
“Maxsus xizmatlarda biz DAISh qisqartmasini ishlatamiz”, – qo‘shimcha qildi u.

Top