07:42 / 29.06.2015
5521

Rossiyalik fazogir koinotda parvozda bo‘lish bo‘yicha jahon rekordchisiga aylandi

29 iyun kuni rossiyalik fazogir Gennadiy Padalka koinotda parvozda bo‘lish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordchisiga aylandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu boradagi avvalgi rekord Sobiq ittifoq va Rossiya fazogiri Sergey Krikalevga tegishli bo‘lgan. Krikalev koinotda avval “Mir” stansiyasida, keyin esa Xalqaro koinot stansiyasida umumiy hisobda 803 kun 9 soat 41 daqiqa davomida parvoz qilgan.

Gennadiy Padalka yangi rekordga 29 iyun kuni Moskva vaqti bilan 1:02 da erishdi. Agar Padalka reja bo‘yicha “Soyuz TMA-16M” kapsulasida joriy yilning 11 sentabrida Yerga tushirilsa, unda fazogirning koinotdagi umumiy parvozi davomiyligi 877 kunni tashkil qiladi.

Top