10:39 / 30.06.2015
3500

Abdulaziz Komilov Primakovning vafoti munosabati bilan Rossiya elchisiga ta'ziya bildirdi

2015 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyaning taniqli davlat va jamoat arbobi, sobiq bosh vazir va tashqi ishlar vaziri Yevgeniy Primakov vafoti munosabati bilan elchi Vladimir Tyurdenevga ta'ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Rossiyaning sobiq bosh vaziri, sobiq tashqi ishlar vaziri Yevgeniy Primakov 26 iyun kuni Moskvada 86 yoshida olamdan o‘tgandi.

Top