06:58 / 30.06.2015
2868

Chili Peruni yengish orqali Amerika Kubogi finaliga yo‘l oldi

29 iyun kuni Chilida davom etayotgan Amerika Kubogi-2015 turnirining yarim final bosqichida dastlabki uchrashuv o‘tkazildi.
Unda mezbonlar Chili term jamoasi Peru bilan to‘qnash keldi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishish orqali, turnir finaliga chiqdi.

O‘yinning 20 daqiqasidayoq Peru terma jamoasi himoyachisi Sambrano qizil kartochka olib, maydonni tark etishi o‘yin natijasiga ta'sir ko‘rsatdi.
Uchrashuvning 42 va 64 daqiqalarida Eduardo Vargas tomonidan kiritilgan gollar terma jamoaga g‘alaba olib keldi. 60 daqiqada Chili darvozasiga Gari Medel tomonidan avtogol urildi.

Endi 4 iyul kuni o‘tkaziladigan finalda Chili yarim finalning ikkinchi juftligi, Argentina va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan o‘ynasa, Peru shu kuni uchinchi o‘rin uchun bahsda ikkinchi juftlikda mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

ChiliPeru 2:1
Gollar: Eduardo Vargas, 42, 64 – Medel, 60 (avtogol)

Chili: Bravo, Albornos (Mena, 46), Roxas, Medel, Isla, Arangis, Marselo Dias (David Pisarro, 46), Vidal, Valdiviya (Felipe Guterres, 86), Aleksis Sanches, Eduardo Vargas

Peru: Galese, Xuan Manuel Vargas, Askues, Sambarno, Advinkula, Lobaton (Yotun, 73), Balon, Kueva (Kristian Ramos, 27), Farfan, Karrilo (Pisarro, 73), Gerrero

Ogohlantirish: Sambrano

Chetlatish: Sambrano, 20

Top