17:16 / 30.06.2015
3499

Chimkentda «Terrorchilik haqida yolg‘on ma'lumot» berishda ayblangan shaxs qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida 52 yoshli fuqaro «Terrorchilik haqida yolg‘on hisobot» berishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda «KazInform» nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, 29 iyun mahalliy vaqt bilan 23:30larda Chimkentda joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridan Qozog‘iston xavfsizlik xizmati xodimlariga telefon qilingan. Noma'lum shaxs uyni va bir necha fuqarolarni garovga olganini, garovdagilarni ozod qilish uchun xavfsizlik xizmatining yuqori martabali xodimi bilan uchrashishni, shuningdek o‘zi uchun zarur bo‘lgan ma'lum miqdorda pul, samolyot va o‘zining nazdida noqonuniy hibsda saqlanayotgan bir qator mahbuslarni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida noma'lum shaxs qo‘lga olingan. Uning telefon orqali portlovchi moddasi bor ekani bilan qilgan tahdidi natijasida besh qavatli uydagi 300dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Top