22:15 / 30.06.2015
3090

Nursulton Nazarboyev Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston tomonining tashabbusiga ko‘ra telefon orqali suhbatlashishdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

“Suhbat chog‘ida Rossiya-Qozog‘iston munosabatlari va Yevroosiyo hududida integratsion hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ufada bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi uchrashuvni o‘z ichiga oluvchi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi”, deyilmoqda xabarda.

Shuningdek, ikki yetakchi Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Top