10:45 / 30.06.2015
2540

Oq uy Obamaning Eron rahbariyatiga maktub yo‘llaganini inkor qildi

Oq uy matbuot xizmati vakillari AQSh prezidenti Barak Obama yaqinda Eron rahbariyatiga maktub yo‘llagani haqidagi axborotni inkor qildi.

Ilgariroq matbuotda Obama oyatulloh Hameneiy bilan bilan shaxsiy tartibda yadroviy dasturni muhokama qilgani haqida ma'lumotlar chop etilgan edi. Ammo Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest buni inkor qildi.

Yadroviy dastur bo‘yicha muhokamalar ochiq formatda, oltilik guruhi tomonidan olib borilayotgani yana bir bor ta'kidlandi.

Top