20:17 / 30.06.2015
9835

Rossiyalik milliarder dunyodagi eng katta yaxtaga buyurtma berdi

Forbes jurnali talqini bo‘yicha Rossiyaning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 13-o‘rinni egallayotgan, “Yevroxim” kompaniyasi egalaridan biri Andrey Melnichenko Germaniyaning Nobiskrug kemasozlik kompaniyasiga dunyodagi eng katta yaxta qurish uchun buyurtma berdi.

Yaxta White Pearl («Oq marvarid») deb nomlanadi va uning uzunligi 147 metrni tashkil qiladi. Yaxtada uch qavatli ochiq atrium va katta basseyn, yuqori mustahkamlikka ega uglerod toladan ishlangan uchta machta bo‘ladi.

Yaxta 2016 yilning iyuliga tayyorlab berilishi aytilmoqda. Kemaning narxi ma'lum qilinmagan.

Top