11:37 / 30.06.2015
4384

Surxondaryoda qo‘shnisidan qariyb 90 mln so‘m undirgan qallob qo‘lga olindi

Denovlik Sardor Hojiqulov qo‘shni ayoldan katta miqdorda pul olishda ayblanib, qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq” nashriga tuman prokurori Ravshan Namozov ma'lumot berdi.
Aytilishicha, birinchi safar Hojiqulov qo‘shnisi Sojida Bo‘ronovadan 3 mln 600 ming so‘m olgan. Oradan bir muddat vaqt o‘tib, yana 4 mln, so‘ng 18 mln 850 ming so‘m olib ketgan. Bir safar yangi Captiva rusumli avtomobil minib kelib, shuni garov tariqasida qoldirib, yana 35 mln so‘m olib ketgan.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, Hojiqulov qo‘shnisiga yana murojaat qilib, turli bahonalar bilan 2.5 ming dollar, 1.8 mln so‘m olib ketgan. Oxirgi marta Hojiqulov Bo‘ronovadan 14 mln so‘m olib, shu bilan qaytib kelmagan.
Oradan ancha vaqt o‘gach, Bo‘rovova huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. O‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida qallob topilib, sudga tortilgan, Bo‘ronovadan olgan pullarini qaytarishi esa majburiy qilib qo‘yilgan.

Top