15:49 / 30.06.2015
4757

Tojikistondagi tog‘li hududda 3 nafar rossiyalik askar yo‘qolib qoldi

Tojikistonning tog‘li hududida Rossiyaga tegishli 201-bazaning 3 nafar askari mashg‘ulot vaqtida suvga tushib ketib, yo‘qolib qoldi. Bu haqda TASS nashri xabar qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu askarlar ayni vaqtda qidirilayotgani haqda ma'lum qilgan.

"Rossiya Mudofaa vazirligi kontrakt asosida xizmatga olingan 201-bazaning 3 nafar askarini qidirmoqda. Ular Tojikistonda tog‘ daryosi hududida olib borilayotgan taktik mashqlar vaqtida suvga qulab tushishgan", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun Markaziy harbiy komissiya ish olib bormoqda.

Top