14:45 / 01.07.2015
2936

AQShda "Rokki 7" filminng ilk treyleri chiqarildi

Internetda Silvestr Stallone bosh rollardan birini ijro etgan "Rokki 7" (Creed) filmining ilk treylari paydo bo‘ldi. Rayan Kuper rejissyorligida ishlangan bu kartina "Rokki" mavzusiga oxirgi 9 yilda birinchi marta murojaat qilinishi bo‘ldi.

"Bu treyler filmning avvalgi qismlarga bog‘liqligini tasdiqlaydi", deb yoziladi Variety nashrida.

Stsenariyga ko‘ra, o‘z bokschilik faoliyatini yakunlagan Rokki Balboa (Stallone) yosh va umidli bokschi Adonis Kridga ustozlik qiladi. Bu yigit o‘zining sobiq dushmanlaridan biri Apolloning o‘g‘li bo‘lib chiqadi. Voqealar Filadelfiya shahrida kechadi. Adonis rolini 28 yoshli aktyor Maykl Bakari Jordan ijro etgan.

68 yoshli Stallone bu filmdagi ishtiroki rol ijro etishgina hisoblanmaydi, u prodyuserlaridan biri g‘amda ssenariy yozilishida g‘am qatnashgan.

Film dunyo kinoekranlariga shu yilning 25 noyabrida chiqarilishi aytilgan.

Top