21:27 / 01.07.2015
2745

AQShdagi Oq uyda suratga olishga ruxsat berildi

AQShning birinchi xonimi Mishel Obama o‘zining instagramdagi sahifasida endilikda Oq uyga tashrif paytida u yerni suratga olishga ruxsat berilganini ma'lum qildi.

“Katta yangiliklar! Bugundan boshlab Oq uyda ekskursiya paytida kameralarga va fotosuratlar olishga taqiqlovni bekor qilamiz. Tashrif buyuruvchilar suratga tushib, ushbu ekskursiya haqidagi xotiralarni butun hayotlarida davomida saqlab qolishlari mumkin”, deb aytilmoqda xabarda.

Instagramda joylashtirilgan videoda Mishel Obama “Suratga olish mumkin emas” deb yozilgan plakatni tabassum bilan yirtib tashlashayotgani aks etgan.

Top